JSST: Dunyo bo‘yicha kamida 5,9 million nafar hamshira yetishmayapti
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda dunyo hamjamiyati hamshiralarga o‘lkan ehtiyoj sezayapti, jahon mamlakatlari kamida 5,9 million nafar tibbiy xodimga mahtoj, deb xabar berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti “2020 yildagi hamshiralik ishi holati” nomli bayonotida.
“Dunyo bo‘ylab 28 millionga yaqin hamshiralik xizmatini o‘tayotgan xodimlar mavjud. 2013 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda ularning soni 4,7 millionga oshdi. Biroq dunyo bo‘ylab hamshiralarga bo‘lgan ehtiyoj saqlanib turibdi va bu ko‘rsatkich 5,9 millionga teng. Bu kasbga bo‘lgan ehtiyoj Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Sharqiy O‘rta yer dengizi hududi, shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlari hududida ko‘proq sezilmoqda”, deyiladi JSSTning Xalqaro hamshiralar kengashi va “Bugungi kun hamshiralik ishi” kompaniyalari hamkorligida tayyorlangan bayonotda.
Ma’lumotda keltirilishicha, bu maummoga duch kelgan mamlakatlar, hamshiralarga bo‘lgan ehtiyojni pasaytirish uchun bitiruvchi hamshiralar sonini yiliga 8 foizga oshirish zarur. Buning xarajatlar qiymati kishi boshiga yiliga 10 dollardan to‘g‘ri keladi.
“Siyosatchilar hamshira tayyorlash xarajatlari qancha bo‘lishini bilishadi. Biroq ularning ko‘pchiligi hamshiralar qanchalik qadrli ekanligini endi anglashmoqda. Hamshiralik ishiga sarflangan har bir dollar bugungi kunda barcha uchun sezilarli bo‘lmoqda”, deya ta’kidladi Xalqaro hamshiralar kengashi rahbari Annet Kennedi.