JSST dunyo mamlakatlaridan moliyalashtirishni ko‘paytirishni so‘radi
- 16.04.2020 22:31
- 63
- Xorij

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AQShning moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng ko‘riladigan zararlarni hisoblab chiqmoqda. Shuningdek, qolgan mamlakatlardan moliyalashtirish yordamini ko‘paytirishni so‘ramoqda. Bu haqda Jenevada o‘tkazilgan matbuot anjumanida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus to‘xtaldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tashkilotning uzoq yillik va saxiy hamkori bo‘lgan.
- Biz ularni shunday bo‘lishda davom etishidan umid qilib qolamiz, - ta’kidladi Gebreyesus. - AQSh Prezidentining JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroridan afsusdamiz.
Teglar:
JSST
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 1 soat avval
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim