JSST: Koronavirus oqibatida o‘lim xavfi oshganligini isbotlovchi dalil mavjud emas

COVID-19 virusi barqaror holatda saqlanib turibdi. Hozircha uning xavfli mutatsiyaga uchraganligi to‘g‘risida hech qanday dalil mavjud emas. Shuningdek, koronavirus oqibatida o‘lim xavfi oshganligini isbotlovchi dalil ham yo‘q. Bu haqda JSST mutaxassislari ma’lum qildi.

“Uni test orqali tashxislashda unga qarshi vaksina va dori-vositalari yaratishda bizning imkoniyatlarimizni o‘zgartiradigan virusning har qanday mutatsiyasi juda muhim. Biroq virus barqaror. Odatiy mutatsiyalar, shunga yarasha tashxislash, davolash va ishlab chiqarish mavjud”, deb ma’lum qildi JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove.

Mutaxassis pandemiya boshlanganidan buyon JSSTda yangi turdagi koronavirusning mutatsiyaga uchrash jarayonini kuzatib borayotgan maxsus guruh faoliyat olib borayotganini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan ham hozircha COVID-19 da xavfli mutatsiyalar kuzatilmaganini qo‘shimcha qildi.

“Biz virus o‘zgarishlarini kuzatish ustida doimiy faoliyat olib bormoqdamiz. Virus yuqishi osonlashgani yoki uning oqibatida o‘lim xavfi oshgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumot qayd etilmadi”, deya ta’kidladi u.