JSST koronavirus pandemiyasi hali uzoq davom etadi, deb hisoblamoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi hali uzoq davom etadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda Jenevada o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

1 avgust kuni Jenevada o‘tkazilgan keng ko‘lamli yig‘ilishda JSSTning favqulotda qo‘mitasi va uning vakillari, koronavirus pandemiyasi xalqaro ahamiyatga ega alohida xolat bo‘lib qolmoqda degan hulosaga keldilar.

Yig‘ilishda qatnashgan xalqaro mutaxassislar JSST va uning hamkorlariga koronavirus bilan olib borilayotgan kurashdagi sa’i harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdilar. Favqulotda qo‘mita mutaxassislari, ushbu muammoni yechishda kuchlarni birlashtirish zarur ekanligini ta’kidladilar.

Mutaxassislar yana uch oydan so‘ng, koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishga yig‘iladilar.