JSST mutaxassisi koronavirus infeksiyasini OIV infeksiyasi bilan solishtirdi
- 14.05.2020 20:25
- 325
- COVID-19
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mayk Rayan koronavirus infeksiyasini OIV (OITS) infeksiyasi bilan solishtirdi. Uning taxminiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi OIV infeksiyasi singari doimiy ravishda insoniyat bilan qolishi mumkin. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar berdi.
“Bu yangi virus (COVID-19). Uning ustidan qachon g‘alaba qozonishimizni aniq aytish qiyin”, ta’kidladi mutaxassis.
Rayan virusni yengishdagi asosiy yutuq samarador vaksina yaratilishi va uning barchaga yetib borishi ekanligini ta’kidladi.
JSST vakili misol tariqasida OIV infeksiyasi bilan olib borilayotgan kurashni keltirdi va uni nazoratga olishning uddasidan chiqilgani haqida ham so‘z yuritdi.
Teglar:
JSST