JSST: Pandemiya tufayli dunyoda qandli diabeti bor bemorlarga yordam ko‘rsatish ikki barobarga kamayib ketdi
Koronavirus pandemiyasi qandli diabet, onkologik kasalliklar, yurak qon-tomir xastaliklari bor bemorlarga yordam ko‘rsatilishining ikki barobarga kamayib ketishiga sabab bo‘ldi, deb ta’kidladi JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich.
“Dunyo ko‘rsatkichiga nazar soladigan bo‘lsak, ko‘rinib turibdiki, qandli diabet xastaligi bor bemorlarga yordam ko‘rsatilishi 49 foizga, onkologik hastaligi bor bemorlarga 42 foizga, yurak qon-tomir xastaligi bor bemorlarga 31 foizga qisqarib ketgan”, deya bayonot berdi onlayn-brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonalarning koronavirus bilan kasallangan bemorlarni qabul qilish uchun o‘zgartirilgani va odamlarga tibbiy yordam olishga imkon bermayotgan alohidalash bunga sabab bo‘lmoqda.
U mazkur maummolarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilayotganini ta’kidladi. Xususan, mazkur bemorlar bilan shifokorlar o‘rtasida telefon orqali suhbatlar o‘tkazilmoqda va zarurat tug‘ilgan vaqtda bemorlar, albatta kasalxonalarga yotqizilmoqda.