JSST pandemiyaning o‘ta og‘ir oylari kutilayotgani haqida ogohlantirdi

So‘nggi bir necha oy davomida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat butun dunyo uchun o‘ta og‘ir bo‘ladi. 24 oktyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedrom Adanom Gebreyesus shunday murojaat bilan chiqish qildi.

Jenevada o‘tkazilgan brifingda u dunyo bo‘ylab COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat o‘ta xavfli holatga yetganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, JSST rahbari ko‘plab davlatlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi keskin ko‘tarilib ketganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqeaning bunday rivojlanishi davlatlar sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini qulatishga olib kelishi mumkin.

Tedrom Adanom Gebreyesus mamlakat rahbarlarini sog‘liqni saqlash tizimidagi bunday qulashning, aholi o‘rtasida o‘limlar soni ko‘payishining va maktablar yopilishining oldini olish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chaqirdi.