Kadastr idorasiga qariyb 306 million so‘m qarzdorlik undirib berildi

Majburiy ijro byurosi Toyloq tumani bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, qarzdorlikni majburiy tartibda undirib berish borasida kunlik tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ish yurituviga olingan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan amalga oshirilgan ijro harakatlari fikrimiz isbotidir.

Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor “Bro Beans” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi yer resurslari va davlat kadastri viloyat boshqarmasiga 305 million 740 ming so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdorning bankdagi hisob raqamiga band solingan.

Natijada “Bro Beans” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan yer resurslari va davlat kadastri viloyat boshqarmasi foydasiga qarzdorlik to‘liq undirib berilgan.

Majburiy ijro byurosi Toyloq tumani bo‘limi.