Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa qay tartibda to‘lanadi, uning miqdori qancha?

Quyidagi nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 52,7 foizidan (358 007 so‘mdan) ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi:

- 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:

* 1 ta bolali oilaga - 131 000 so‘m;

* 2 ta bolali oilaga - 217 000 so‘m;

* 3 va undan ortiq bolali oilaga - 304 000 so‘m;

- 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa - 434 000 so‘m;

- kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam - 326 000 so‘mdan 653 000 so‘mgacha.

Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi 3 oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.

Nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.