"Kamaz" jarima maydoniga ketdi, aybdorlar qonunga ro‘baro‘ qilindi
- 30.08.2024 11:47
- 83
- Samarqand
Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan Toyloq tumani hududida nazorat reyd tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining muhofaza mintaqasidan yerosti boyligi - qum-shag‘al aralashmasini "P/T" korxonasiga tegishli texnika vositalari tomonidan noqonuniy ravishda yuklab olib ketayotganligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha aybdorlarga nisbatan noruda foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, texnikalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ayni paytda mazkur holatda jinoiy alomatlari bo‘lganligi sababli huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ijtimoiy xizmat qachon, qanday rivojlanadi?
- 3 soat avval
- Jamiyat
Kamikadze qanday paydo bo‘lgan?
- Kecha, 18:46
- O'qing, qiziq!