Voqea joyidan qochishga uringan huquqbuzarlar jarimaga tortildi

Viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida qo‘shma reyd tadbiri o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlari kesishmasi hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan navbatdagi reyd davomida 3 nafar fuqaro qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib, yuk mashinalariga ortgani aniqlandi. Huquqbuzarlar voqea joyidan qochishga urinishdi, ammo javobgarlikdan qutula olishmadi.

Qonun talablariga bo‘ysunmagan 3 nafar huquqbuzarga nisbatan BXMning 30 barobari (noyabr holatiga ko‘ra) miqdoridan jarima qo‘llanildi. Har bir huquqbuzar 9 million 900 ming so‘mdan jarimaga tortildi.