Oqdaryoda noqonuniy ravishda tuproq aralashmasini yuk tashuvchi avtomashinaga ortgan shaxs jarimaga tortildi
- 03.08.2021 11:43
- 108
- Samarqand
2 avgust kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Oqdaryo tumani nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi kuzatuv reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosining muhofaza hududidan shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. o‘ziga tegishli bo‘lgan ekskavatorda tuproq aralashmasini yuk tashuvchi texnika vositalariga ortib berayotganligi aniqlandi. Vaholanki, daryo muhofaza hududidan tuproq olish qonunchilikka ko‘ra taqiqlangan.
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan fuqaro M.R.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblashning 10 barobari, ya’ni 2 mln 450 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 3 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- 3 soat avval
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa