Kanadada pichoq bilan qurollangan shaxs odamlarga hujum qildi
- 01.11.2020 22:26
- 98
- Xorij
Kanadaning Kvebek shahrida pichoq bilan qurollangan shaxs tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
SVS telekanali taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, voqea parlament binosi yonida sodir bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujum “o‘rta asr kiyimida” bo‘lgan erkak kishi tomonidan amalga oshirilgan. Uning qo‘lida sovuq qurol bo‘lgan.
Ayni vaqtda politsiya xodimlari gumonlanuvchi shaxsni hibsga olishgan, u gospitalga yotqizilgan. Radio Canada bergan ma’lumotga ko‘ra, gumonlanuvchi 25 yoshlar atrofidagi erkak kishi.
“Biz fuqarolardan, eshiklarini berkitib, uylarida qolishni so‘raymiz. Sababi tergov-surishtiruv ishlari hali davom etmoqda”, deb yozdi Kvebek politsiyasi ma’muriyati Tvitterda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa