Karantin davrida 486 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi

2020 yil 1-20 aprel kunlari mobaynida mamlakatimiz ma’muriy sudlari tomonidan jami bo‘lib 918 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi 641 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 421 nafar shaxsga nisbatan jami 246 432 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan hamda 486 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati ma’lumot berdi.