Karantin vaqtida mast holda transport vositasini boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
- 16.04.2020 18:13
- 220
- Jinoyat va jazo
Xalqimiz boshiga kelgan sinovli kunlarda uyda qolib, o‘zi va yaqinlari sog‘ligini o‘ylash o‘rniga ruxsatnomasiz, mast holda transport vositasini boshqarib yurgan haydovchi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahri bo‘ylab maqsadsiz avtomashina boshqarib yurgan fuqaro Samarqand viloyati IIB YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan va unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Teglar:
mast haydovchi