Karmanada 1000 o‘rinli maxsus shifoxona qurilishiga start berildi (foto)
- 28.03.2020 16:46
- 293
- O‘zbekiston
Navoiy viloyati, Karmana tumani hududida «Maxsus shifoxona va karantinga saqlash ob’yekti» qurilishi boshlandi.
Ob’yektni loyihalashtirish va qurish uchun doimiy foydalanish uchun 40 gektar yer maydoni ajratildi.
Ayni paytda karantinga mo‘ljallangan 1000 o‘rinli kasalxonani qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Viloyat hokimi K.Tursunov mazkur ob’yektda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘satmalar berdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.