Kartoshka yetishtirish hajmi 3,3 foizga oshgan. Eng ko‘p hosil Samarqand viloyatida olingan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 1,7 million tonna kartoshka yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 3,3 foizga oshgan.
Kartoshka yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Samarqand viloyati egalladi. Yetishtirilgan kartoshka umumiy hajmining 18,5 foizi Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, yuqori ulush Surxondaryo (13,5 foiz), Farg‘ona (12,0 foiz), Andijon (11,2 foiz) va Buxoro (10,2 foiz) viloyatlarida ham qayd etilgan.
Kartoshka yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past ko‘rsatkichlari Jizzax viloyati (0,7 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1,7 foiz)ga to‘g‘ri kelgani kuzatildi.