Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Samarqand davlat tibbiyot universitetining yuqori malakali mutaxassislardan va klinika bazasida joylashgan institut kafedralari, professor o‘qituvchilari tarkibidan iborat ishchi guruhi Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida ta’lim-tarbiya olayotgan, nogironligi bo‘lgan 177 nafar o‘quvchi-yoshlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng kasb-hunar maktabida ta’lim-tarbiya olayotgan, 14 nafar nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar bepul operatsiya qilindi.
Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universitetining psixologi va stomatologiya fakultetining yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlari va bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati, psixologik-treninglar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, universitetning tajribali mutaxassislari kasb-hunar maktabida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan “Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida suiqasdlar” mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Bunday tadbirlar yoshlarda kuzatiladigan turli noxushliklarning oldini oladi va ularni kelajakka bo‘lgan ishonchini oshiradi.
Odilbek AHMEDOV.