Kasodga uchragan eng mashhur shaxslar

Odamning puli qanchalik ko‘p bo‘lsa, ehtiyoji ham shunga yarasha ortib borib, mablag‘larini o‘ylamasdan sarflay boshlaydi. Bu ayniqsa mashhur kishilarga taaluqli. Berilgan maqom ularni qimmatbaho mashinalar va villalar sotib olishga va har doim mukammal ko‘rinishga ega bo‘lishga majbur qiladi. Hamma ham kasodga uchrashi mumkin va aktyorlar, musiqachi va boshqa taniqli shaxslar kabi boy kishilar ham bundan mustasno emas. Tasodifan bankrot bo‘lgan bir nechta mashhur kishilar bilan tanishamiz.

Mayk Tayson

Tayson ehtimol bokschilar orasidagi eng taniqlisidir. Uni boks afsonasi  ham deyishadi. Mayk 20 yoshida superog‘ir vaznda jahon chempionligini qo‘lga kiritib, bunga erishgan eng yosh bokschiga aylandi. Shundan keyin uning ishlari yurishib ketdi va bitta jangi uchun u 30 million dollargacha olishi mumkin edi.

90-yillarga kelib muammolarga duch kela boshlagan bokschining oylik xarajatlari o‘zi ishlab topayotganidan ham ziyod bo‘lib, taxminan 400 ming dollarni tashkil qilardi. Tayson xotini bilan ajralish jarayonlaridagi yuridik xizmatlar to‘loviga 9 million dollar sarfladi. Natijada 2003 yilda o‘sha paytda taxminan 27 million dollar qarzi bor taniqli bokschi bankrotlik to‘g‘risida ariza berishiga to‘g‘ri keldi.

 Mark Tven

Yozuvchi kitoblarini sotish orqali katta miqdorda daromad olishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, u doimiy ravishda pullarini ishonchsiz sarmoyalarga kiritardi. Shunday sarmoyalardan biri – tez-tez buzilib turadigan kitob chop etish va sahifalash mashinasi edi. Asbob yozuvchining 300 ming dollardan ziyod pulini  “yutib” yuborgan (hozirgi qiymati 7 million AQSh dollari). Bundan tashqari, Mark Tven nashriyotda yuzaga kelib turadigan muammolar tufayli ham juda ko‘p mablag‘ yo‘qotgan. Natijada 1893 yilda yozuvchi bankrotlik to‘g‘risida ariza beradi. Biroz vaqt o‘tgach, u ma’ruza qilish uchun dunyo bo‘ylab sayohatga chiqadi. Bu esa unga qarzlardan qutulish imkonini beradi.

Rembrandt

Известнейшие банкроты мира (7 фото)

17-asrda yashagan mashhur golland rassomi ko‘pincha o‘zining qurbi yetmaydigan qimmatbaho noyob narsalarni sotib olishni yaxshi ko‘rardi. Kun kelib, 50 yoshga kirgan Rembrant ham bankrotligini e’lon qildi. Oradan bir-ikki yil o‘tib, u to‘plagan barcha antiqa buyumlar auksionda sotildi. Rassom o‘z asarlarini sota olmasa-da, hatto qariganda ham rasm chizishda davom etgan.

 Uolt Disney

Известнейшие банкроты мира (7 фото)

Buyuk hikoyachi va biz sevib tomosha qiladigan ko‘plab multfilmlarni yaratgan Uolt Disney do‘sti bilan hamkorlikda uskunalar sotib olib garajda «Laugh-O-Gram» deb nomlangan studiyani yaratgan edi. Tasavvur qilganingizdek, u paytda Disneyda pul yo‘q edi. Biroz vaqt o‘tib, hamkorlar birinchi “Qizil shapkacha” multfilmini yaratishdi. Biroq, u ham muvaffaqiyatga erisha olmadi. Shundan so‘ng sheriklar darhol o‘zlarini bankrot deb e’lon qilishdi.

 Donald Tramp

Известнейшие банкроты мира (7 фото)
Bugun bu odamni hamma biladi. Amerikaning sobiq prezidenti va dunyodagi eng boy odamlardan biri Donald Tramp o‘zini 4 marta bankrot deb e’lon qilgan. Korporativ bankrotlik uning shaxsiy moliyaviy ahvoliga ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lsa-da,  birinchi marta kasodga uchrashi unga qattiq zarba berdi. Qimor o‘yinlarini moliyalashtirib kelgan tadbirkor katta foizlarni to‘lay olmadi. Natijada uning qarzi 900 million dollarga yetdi. Tramp bir qancha aktivlar va aviakompaniyalarni sotish orqali o‘z  qarzlaridan qutulishga muvaffaq bo‘lgan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.