Kattaqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlarning aksariyat murojaati bank bilan bog‘liq

Joriy yilning 1 dekabr holatiga 95 nafar tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar ro‘yxatga olingan. Ularning 18 tasi sayyor qabullarda, 72 tasi tuman qabulxonasida, 5 tasi 1100 qisqa raqamli ishonch telefoni hamda business.gov.uz sayti orqali qabul qilingan.

Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning 19 tasi tuman, 31 tasi viloyat, 45 tasi respublika darajasidagi masalalardan iborat.

Sohalar kesimida olganda, 46 murojaat bank-moliya, 8 tasi yer, kadastr va arxitektura, 41 tasi boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.

Kelib tushgan murojaatlardan 88 tasi tegishli mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilib, hal etilgan. Jumladan, 43 ta bank kreditlari, 7 ta yer, kadastr va bino ajratish, 38 ta boshqa yo‘nalishdagi tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar hal etilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, xorijiy investorlardan 3 ta murojaat qabul qilinib, 2 tasi bo‘yicha ko‘tarilgan masalaga yechim topilgan. Shuningdek, 1 ta murojaat bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha investorga tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish hamda investitsiya bitimiga o‘zgartirish kiritish, 1 nafar eksportyor korxonaga imtiyozli kredit ajratish, 1 nafar tadbirkorga “Yoshlar kelajagimiz” dasturi orqali imtiyozli kredit ajratish, 10 nafar tadbirkorga faoliyatiga oid kredit ajratish masalasida ko‘maklashildi.

Shuningdek, amaliy yordamimiz orqali 2 nafar tadbirkor ruxsatnoma va litsenziya oldi, 2 nafar tadbirkorga ta’minotchi tomonidan sifatli mahsulot yetkazilishi, 3 nafar tadbirkorga soliq va kommunal to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarning qaytarilishi ta’minlandi. Qolaversa, 2 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyatiga noqonuniy aralashuv bartaraf etilib, 28 fuqaroga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi bo‘yicha kredit ajratilishida ko‘maklashildi.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida tadbirkorlik faoliyati erkinligi va kafolatlanganligiga to‘g‘ri munosabat rivojlanmoqda, aholida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi ortib bormoqda.

Sardor RUSTAMOV,

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri.