Kattaqo‘rg‘onda 82 nafar xotin-qizga 2 milliard so‘mga yaqin kredit ajratildi

Ishbilarmon xotin-qizlar faoliyatining qo‘llab-quvvatlanishi ularning jamiyat rivojidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirmoqda.

Bu borada Kattaqo‘rg‘on tumanida ham amaliy ishlar qilingan bo‘lib, joriy yilning 9 oyi davomida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 82 nafar xotin-qizlarga 1 milliard 996 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Bundan tashqari, tumanda xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 36 nafar xotin-qiz 750 million so‘m kredit mablag‘lari bilan ta’minlangan.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi matbuot xizmati.