Kattaqo‘rg‘onda harbiylar ustozlarini bayram bilan qutladi
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘”, degan so‘z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi.
Xususan, qutlug‘ ayyom, ya’ni Ustoz va murabbiylar kunida ham barchamiz bizga ilm o‘rgatgan, hayot sabog‘ini bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchi va murabbiylarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan ta’zim qilamiz.
Jumladan, Kattaqo‘rg‘on garnizonida yigitlik burchini o‘tayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar ham o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylarining mehnatini yuksak baholab, bayram bilan qutlashdi.
Yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnati davomida katta zafarlarni ko‘zlagan harbiy xizmatchilarning samimiy tilaklari va sovg‘alari soha vakillarining ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.