Kattaqo‘rg‘onda Jahon banki mablag‘lari hisobidan suv ta’minoti kengaytiriladi
Jahon banki Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridagi suv ta’minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash va qayta ta’mirlash uchun 239 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratadi.
Bankning Direktorlar kengashi 12 mart kuni suv ta’minoti va uni qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish loyihasini moliyalashtirish uchun ushbu kreditni maqulladi. Bu haqda Gazeta.uzga bankning mamlakatimizdagi vakolatxonasi xabar berdi.
O‘zbekistonda suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasi asosan sovet davrida yaratilgan. Bugungi kunda u eskirgan bo‘lib, qayta ta’mirlash va kengaytirishni talab qiladi. Loyihani amalga oshirgandan so‘ng O‘zbekistonning uchta mintaqasida 500 mingdan ortiq odam suv ta’minoti va sanitariya xizmatlaridan yaxshiroq foydalanishi kutilmoqda.
Loyihada Qoraqalpog‘iston, Nukus, Taxtatosh va Xo‘jayli kanalizatsiya va suvni qayta tozalash inshootlarini yangilash ko‘zda tutilgan. Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on shahrida suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari kengaytirilib, qayta ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.
Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK matbuot xizmati.