Kattaqo‘rg‘onda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, fuqaro S.S. boshqa bir fuqaro E.ga jami 56 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.