Kattaqo‘rg‘onda qaynonalar bellashdi

O‘zbekiston “Adolat” SDP Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi “Siyosiy jarayonlarga tayyormiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbir davomida saylov qonunchiligidagi yangiliklar, saylovning tashkiliy jarayonlari yuzasidan yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

So‘ng Kattaqo‘rg‘on shahridagi 32 ta mahalladan saralangan 6 nafar qaynona ishtirokida “Adolatli qaynona” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda qaynonalar o‘zining ibratli xislatlari – bilimdonligi, tashabbuskorligi, jamiyatdagi o‘rniga doir ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdi.

Tanlov yakunida eng tadbirkor, oqila, adolatli, namunali, sarishtali deb topilgan qaynonalar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dilafruz HASANOVA.