Kattaqo‘rg‘onda sutni qayta ishlash sexi ochildi, 15 kishi ish bilan ta’minlandi
- 17.09.2020 21:10
- 239
- Jamiyat
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Mirzo Ulug‘bek nomli mahallada "Otajon shirinliklari" oilaviy korxonasi tomonidan sutni qayta ishlash sexi faoliyat boshladi. Ushbu korxonada qatiq, smetana, tvorog, quyultirilgan sut, pishloq va pishloq qalamchalari, qaymoq, brinza, 36 xil muzqaymoq mahsulotlari tayyorlanadi.
- Korxonaga Xitoydan 20 turdagi sutni qayta ishlash uskunalari keltirildi, - deydi korxona rahbari Kamoliddin Sanayev. – Buning uchun 425 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflandi. Shundan 125 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ o‘z hisobimizdan. Ahamiyatlisi, mahallamizdagi 15 nafar ishsiz yoshning bandligini ta’minladik.
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati.