Kattaqo‘rg‘onda yoshlarga qayerdan, unumdorligi qanday bo‘lgan yer maydonlari ajratilyapti?
Kattaqo‘rg‘on tumanida 18-30 yoshgacha ishsiz fuqarolar 36 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Bu kam miqdor emas. shulardan 3 424 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
Xo‘sh, ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha qanday tadbirlar amalga oshirilyapti? Masalan, dehqonchilik bilan shug‘ullanishni istagan yoshlarga qayerdan yer maydonlari ajratilyapti? Bu yerlarning unumdorligi qanday?
Aytish mumkinki, qishloq xo‘jaligida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu paytgacha yoshlarga 214 gektar yer maydoni ajratildi.
Navbatdagi yer ajratish tadbiri bugun Tavaron va Mundiyon mahallalari yoshlari uchun bo‘ldi. Ularning 13 nafariga “Ro‘zimurod Mavlonov” va "Nazokat oltin dalasi" fermer xo‘jaliklaridan 3,25 gektar unumdor yer maydoni berildi.
Shuningdek, yaqinda Rossiya davlatidan qaytib kelgan Ravshan Ubaydullayevga 25 sotix yer maydoni ajratilib, unga mehnat qilishi va oilasi daromadini ta’minlash uchun sharoit yaratib berildi.
Jahongir Safarov.