Kattaqo‘rg‘ondagi restoran omborxonasidan qurilish mollarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
- 06.01.2022 15:59
- 171
- Jinoyat va jazo

Kattaqo‘rg‘on shahri Obod ko‘chasida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, yaqinda — 27 dekabr kunidan 03 yanvar sanalari oralig‘ida noma’lum shaxs uning qurilishi bitkazilmagan restorani omborxonasidan, ta’mirlash uchun olib kelingan 8,4 mln so‘mlik 132 ta bo‘yoq solingan idishlar, 4 ta yelim chelakda bo‘lgan “travertin” qurilish mahsuloti o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on shahar “G‘arib machit” mahallasida yashovchi, X.S. tomonidan sodir qilingani aniqlangan.
X.S. tanishiga sotgan 34 dona bo‘yoqlar tegishli tartibda daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bryusseldan Samarqandgacha
- Kecha, 19:05
- Siyosat
Ogoh bo‘ling, suv tugab bormoqda!
- 05/04, 19:05
- Jamiyat
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- 05/04, 15:37
- Mutolaa