Kattaqo‘rg‘onlik Yodgoroy Olimpia yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan birinchi jangda g‘olib bo‘ldi
- 03.03.2020 17:12
- 240
- Sport
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqaga start berildi.
Unda Kattaqo‘rg‘on tumanida yetishib chiqqan Yodgoroy Mirzayeva O‘zbekiston terma jamoasi vakillari orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi.
Quvonarlisi, mikroneziyalik Jennifer Chiyengga qarshi ringga ko‘tarilgan Yodgoroy musobaqani g‘alaba bilan boshlab berdi. Shu tariqa u faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada sari dadil qadam tashladi.
Eslatib o‘tamiz: yana bir samarqandlik bokschimiz -75 kilogramm vazn toifasida ringga chiqadigan Fanat Qahramonov mezbon bokschi Osama Majidga qarshi bugun kechga bahs olib boradi.
A.ShAMSIYeV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa