Kattaqo‘rg‘onlik yoshlarni nima qiynayapti?
Viloyat prokurori Jahongir Hotamov boshchiligida tumanda sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda 40 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarni aytishdi. Shundan 18 nafarining masalasi ijobiy hal etilib, 5 nafariga tushuntirish berildi, 17 nafari nazoratga olingan holda ijroga qaratildi.
Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumanining “Mundiyon” va “Oyijon” mahallalarida yashovchi J.Egamov va S.Rajabovlar yashab kelayotgan turar joyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berilishda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish, mahalla uchun yangi transformator o‘rnatish, kredit ajratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfalt yotqizish, ishga joylashtirish, aliment pullarini undirish, yoshlar daftariga kiritish va bandligini ta’minlash kabi murojaatlarning ijobiy yechimini topdi.