Kecha Samarqand shahrida qotillik ro‘y berdi
- 25.03.2019 08:30
- 1449
- Jinoyat va jazo
2019 yil 24 mart kuni soat 00:45larda Samarqand shahri, Shiroq ko‘chasida yashovchi Ye.S. shahardagi Gagarin ko‘chasida yashovchi turmush o‘rtog‘i M.A.ning yashash uyida, u bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal vaqtida, oshxona pichog‘i bilan M.A.ning yelka va qorin sohalariga urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Bosh prokuratura rasmiy xabarida aytilishicha, oqibatda M.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Shahar prokuraturasi tomonidan shu kuni Ye.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
jinoyat