Kechirimlilik xalqimizga xos odat

 Bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urgan yigitlar ozodlikdan mahrum etildi. 
Prezidentimizning 2017 yil 7 dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan bilmay jinoyat qilib, o‘z ishidan pushaymon bo‘lgan, ilk bor sudlangan 2 ming 700 nafar kishiga afv qo‘llanildi. Charog‘bonlik yigitlar ham bugun ana shu farmon tufayli oilalari bag‘riga qaytib, mahalla ko‘magida ish bilan ta’minlandi. Jamiyatning faol a’zosiga aylandi.

– Bugun ularning har biri o‘zlari qiziqqan sohalar bo‘yicha ishga joylashgan. Bobur tuman kadastr bo‘limiga, Dilshod "Samarqand" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga, Shahboz "Fayz" qurilish tashkilotiga ishga joylashtirildi, – deydi Charog‘bon mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Matluba Aminova. – Yoshlar novdaga qiyos. Ularni parvarishlab, chiroy berganingiz sari gurkirab o‘sadi. Meva berib, atrofdagilarni undan bahramand etadi. 
– Dilshod 1992 yilda tug‘ilgan, yolg‘iz farzandim, – deydi Sojida opa. – O‘rta maktabni tugatib, ustachilik bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘orga yordam berayotgan edi. O‘zi bolaligidan mo‘min-qobil. Yomon bolalar bilan o‘rtoqlashganini bilmayman. Ammo jinoyat ko‘chasiga qadam qo‘ydi. Yolg‘iz farzandini panjara ortida ko‘rish ona uchun azob. Hozir mahallamiz tavsiyasiga ko‘ra, "Samarqand" ishlab chiqarish korxonasida ishlayapti. Yurtboshimizning yoshlarga qaratayotgan e’tiborlari tufayli bugun farzandim bag‘rimda.

Nasiba JONTO‘RAYeVA.