Keksalik yoshlarga - suyanch, raqib emas - muallim, befarq emas - hamdard
“Keksalar haftaligi” tadbirining galdagisi Samarqand shahar Cho‘pon-ota qo‘rg‘onidagi harbiy qismda tashkil etildi.
“Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida nuroniylar, yoshi ulug‘ harbiylar, “Nuroniy” jamg‘armasi a’zolari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
- Avvalo, bu haftalikning tashkil etilishi biz, keksalarga bo‘lgan hurmatning ifodasi, - deydi zahiradagi tibbiyot xizmati podpolkovnigi B.Hayotov. - Zero, keksalik yoshlarga to‘g‘anoq emas - suyanchiq, raqib emas - muallim, befarq emas - hamdard bo‘lish demakdir. Prezidentimiz keksalarni qadrlash va ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish borasida bir qator ishlarni amalga oshiryapti. Albatta, bu ishlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida komil inson qilib tarbiyalashda bizga shijoat bag‘ishlaydi.
Uchrashuv so‘nggida harbiy qism badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan musiqiy chiqishlar namoyish qilindi.
Kamoliddin Toshpo‘latov,
harbiy qism komandiri.