Bugun “Keksalar haftaligi”ga start berildi
- 04.10.2021 11:51
- 130
- O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda tegishli majlis bayoniga asosan, joriy yilning 4-10 oktyabr kunlari respublikamizning barcha hududida “Keksalar haftaligi” o‘tkaziladi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabariga ko‘ra, bugun start olgan ushbu haftalik “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida tashkil etiladi.
Haftalik doirasida nuroniylarning holidan xabar olish, ularni ma’naviy va jismoniy qo‘llab-kuvvatlash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish va e’zozlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda respublikamizda 3 milliondan ortiq keksalar istiqomat qiladi. Ularning:
- 37,4 foizini yoshi 60 dan oshgan erkaklar;
- 62,6 foizini esa yoshi 55 dan yuqori bo‘lgan ayollar tashkil etadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kartoshkachilikda Samarqand tajribasi bo‘ladi
- Bugun, 10:16
- Iqtisodiyot
Qalbdan bitilgan umr qissasi
- 13/06, 11:42
- Mutolaa
Suvda cho‘kish tasodif emas
- 13/06, 10:21
- Samarqand