Kim Chen In Janubiy Koreya fuqarosining otib o‘ldirilgani va yoqib yuborilgani uchun uzr so‘radi
- 25.09.2020 21:10
- 230
- Xorij
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya fuqarosining o‘limi uchun uzr so‘radi. Bu haqda “Yonxan” agentligi xabar berdi.
“Katta aybdorlik hissi bilan prezident Mun Chje In (Janubiy Koreya prezidenti) va Janubiy Koreyalik qardoshlar uchun bo‘lib o‘tgan voqea qanchalik ko‘ngilsiz holat bo‘lganligi haqida o‘ylayapman”, dedi Kim Chen In.
Ma’lum qilinishicha, ikki davlat yetakchilari voqea yuzasidan xat orqali muzokaralar tashkil etgan.
Shimoliy Koreya ham o‘z surishtiruvlarini o‘tkazdi. Unga ko‘ra, G‘arbiy dengiz chegarasidagi harbiylar haqiqatdan ham Janubiy Koreya fuqarosini otib o‘ldirgan va uning tanasini yoqib yuborgan.
Teglar:
Shimoliy Koreya