Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kim Chen In: «Shimoliy Koreya yadroviy kuchlarini mustahkamlashda davom etadi. Zarurat tug‘ilganda undan foydalanadi»

Shimoliy Koreya yadroviy kuchlarini “maksimal tezlikda” kuchaytirishda davom etadi, dedi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining 90 yilligiga bag‘ishlangan parad chog‘ida.

"Yadro qurollari urushning oldini olish uchun zarur, ammo agar boshqa davlat KXDR hayotiy manfaatlariga tajovuz qilsa, undan foydalaniladi", dedi u.

Kim Ir Senda o‘tgan paradda Pxenyan 20 mingga yaqin askar va texnikani safarbar qildi. Shuningdek, 250 dan ortiq harbiy texnika, «Xvason-8» gipertovushli raketa, martda Pxenyan tomonidan sinovdan o‘tkazilgan «Xvason-17» qit’alararo ballistik raketasi namoyish etildi. Raketa Qo‘shma Shtatlarning istalgan nuqtasiga uchish imkoniyatiga ega.