Kim qanday uyda yashaydi?

Dunyoning ba’zi xalqlarning uylari g‘aroyib va hayratlanarli. Bu uy-joylar qadimdan qo‘llanib kelinadi va xonadon sohiblarining u yerda yashashi odat bo‘lib qolgan. Xo‘sh, bu uylar qanday ko‘rinishga ega?

Torf uylar

Islandiyada joylashgan torf uylari IX asrda vikinglar tomonidan qurila boshlangan. Bino qovurg‘asi yog‘ochdan qilingan va uning ustiga po‘panak bloklari yotqizilgan. Ilgari torf yog‘ochga qaraganda arzonroq bo‘lganligi sabab ba’zi joylarda bu qurilish an’analarining ayrim sohalari hanuzgacha saqlanib qolingan. Ushbu g‘alati uylarning tomlari va devorlarining tashqi tomonlari o‘t va mox (yo‘sin) bilan qoplangan.

G‘or uylar

Goreme vodiysi deyarli Turkiya hududining markazida joylashgan va ajoyib manzaraga ega. Vulqon harakatlari natijasida hosil bo‘lgan qoya parchalari derazali qo‘ziqorinlarga o‘xshaydi. G‘ovak tog‘ jinslari juda yumshoq bo‘lganligi sababli ilgari ushbu tabiiy inshootlar devorlarida yo‘l ochib, o‘tish joylari qilingan. G‘or uylar hatto urushlardan himoya qila oladigan butun ichki labirintdan iborat.

Osiyo o‘tovlari

O‘tov uylar faqat Mongoliyada bor, deb hisoblanadi, lekin ular tom ma’noda Markaziy Osiyoning barcha hududlarini qamrab olgan. Ba’zi Sharqiy Yevropa davlatlarining (Vengriya, Ruminiya) ko‘chmanchi chorvadorlari va mahalliy aholisi ham shu kabi uylarda istiqomat qiladi.

Pueblo

Pueblo kulbachalari shu nomdagi tubjoyli amerikaliklarning an’anaviy uylari. Ular Amerikaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan va quyoshda quritilgan somon g‘isht va yog‘och tomlardan iborat. G‘ishtlar somon, qum, o‘t va suvdan yasaladi. Qalin devorlar kunning issig‘i va tun sovug‘idan himoya qiladi.

Italiyadagi trullar

Italiyaning Apuliya shahrida ko‘rish mumkin bo‘lgan ohaktoshdan qilingan Trullar g‘alati konus shakliga ega va quruq usul bo‘yicha saf tortgan. Qalin devorlarga ega va faqat bir qavatli bo‘lganligi sababli trullar qishloq kulbalarini eslatadi.

Rondavel

Rondavel Janubiy Afrika xalqlarining an’anaviy kulbasi. Bunday uylar hali ham tabiiy materiallardan barpo qilinadi va ko‘p hollarda ovchilar ulardan boshpana sifatida foydalanishadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.