Kimyogarlar shaharchasidagi "sun’iy orolchalar"ga kim barham beradi?
Sarlavhani o‘qigan va suratlarni ko‘rgan kishi «Bugungi kunda yomg‘ir ko‘p yoqqani sabab bunday holat bo‘ladi-da» deyishi mumkin. Shunday bo‘lganda Nurli kelajak va Nurafshon mahallalari aholisi elga jar solmagan ham bo‘lishardi. Ammo bu muammo oylar davomida yo‘g‘on ichakdek cho‘zilib, mutasaddilar e’tiboridan chetda qolib kelmoqda.
Bu haqda joriy yilning 26 martida Zarnews.uz telegramm kanalimiz orqali "Samarqand shahri, Kimyogarlar shaharchasi, 29-dahadagi Nurli kelajak hamda Nurafshon mahallalarini bog‘lovchi ko‘cha e’tibordan chetda qolganmi?" sarlavhali fototanqid ham e’lon qilingan edi.
Ammo oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay bu ko‘chaning "sun’iy orolchalari" hali-hamon mavjud.
Ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan shaharchada e’tibordan chetda qolgan ko‘chaga Samarqand shahrining mas’ullari qachongacha befarq qarashadi?
B.Rustamov.