Kimyogarlar ko‘rg‘onidagi ikki ko‘chani bog‘lovchi yo‘lning holati yaxshilandi

Joriy yilning 3 may kuni Zarnews.uz saytida Kimyogarlar shaharchasidagi "sun’iy orolchalar"ga kim barham beradi? sarlavhali maqola chop etilgan edi.
Ushbu maqola yuzasidan Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, hozirgi kunda Samarqand shahri, Kimyogarlar ko‘rg‘oni, 29-dahadagi Nurli kelajak hamda Nurafshon mahallalarini bog‘lovchi ko‘chada yo‘lning holati yaxshilangan.

Eslatib o‘tamiz, ko‘chani obodonlashtirish, asfalt qoplamasini yotqizish ishlari ko‘chaning ikki yon tomonida joylashgan savdo do‘konlari egalari tomonidan amalga oshirilishi kerak.