Kirsten Noyshafer dunyo bo‘ylab Golden Globe Race poygasida g‘olib chiqqan birinchi ayol bo‘ldi

Janubiy afrikalik shkipper Kirsten Noyshafer yaxtalar bo‘ylab yakkaxon poygada - 2022 yilgi Golden Globe Race  («Oltin globus») poygasida g‘olib chiqqan dunyodagi birinchi ayol bo‘ldi.

U 235 kundan ortiq portlarga kirmasdan dengizda o‘tkazib, kecha finishga yetdi.

Kirsten ko‘p yillar davomida yaxtachilik bilan shug‘ullanadi va kemalarni turli yo‘nalishlarda, yolg‘iz o‘zi boshqargan. U velosipedda ham sayohat qiladi: 22 yoshida bir yil ichida deyarli 15 000 kilometr masofani bosib o‘tgan.

«Oltin globus» poygasi bor-yo‘g‘i uch marta - 1968, 2018 va 2022 yillarda o‘tkazilgan. Oxirgi ikki regata shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar zamonaviy sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasidan foydalanmagan. Ular o‘z pozitsiyalarini aniqlash va o‘z yo‘nalishini rejalashtirish uchun samoviy navigatsiyaga tayanadi.

Poygada tajribali yaxtachilar 12 000 dengiz milini bosib o‘tishlari kerak. Ular o‘zlarini jiddiy xavf ostiga qo‘yishadi: poyganing muhim qismi og‘ir va oldindan aytib bo‘lmaydigan sharoitlardan iborat.

Poygadan keyin Kristendan nimani ko‘proq xohlayotganini so‘rashdi: "Muzqaymoq", deb javob berdi u.