"Kitobsevar millatmiz, ziyoli jamiyatmiz"

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida shu mavzuda kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, yoshlarning badiiy-estetik didini shakllantirish, ularni ma’rifat sari yetaklashga qaratildi. Unda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda kitobsevar yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida talabalar o‘zlari sevib o‘qigan asarlardan parchalar o‘qib, ularning mazmun-mohiyatini tahlil qilishdi. Ayniqsa, o‘zbek va jahon adabiyotining durdonalaridan bo‘lgan Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Chingiz Aytmatov asarlari yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar olib borildi. Talabalar kitob o‘qishning inson tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni, yoshlarning hayotga bo‘lgan qarashlariga ta’siri haqida fikrlarini bildirdi. 

Shuningdek, tadbir doirasida fakultet kutubxonasi boy kitob fondi bilan tanishtirilib, talabalar uchun yangi adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitobxonlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun faol ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

S.Qipchaqova,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘qituvchisi.