Ko‘plab shtatlar Trampning muhojirlar farzandlariga fuqarolik bermaslik qaroriga qarshi chiqdi. Suriya Rossiya kompaniyasi bilan yirik shartnomani bekor qildi
🔹Panama hukumati Trampning Panama kanalini bosib olish tahdidlari tufayli BMTga shikoyat qildi
🔹Suriya Rossiyaning “Stroytransgaz” kompaniyasi bilan Tartus dengiz portini boshqarish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi
🔹 O‘n sakkiz shtat va Kolumbiya okrugi sudda Trampning tug‘ma fuqarolikni cheklash haqidagi buyrug‘iga qarshi chiqmoqda. Donald Tramp AQSh fuqarosi bo‘lmasa, AQShda tug‘ilgan bolalarni amerikalik deb tan olmaslik to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu orada noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish uchun hibsga olish boshlandi. Noqonuniy muhojirlar endi immigratsiya sudisiz deportatsiya qilinadi.
🔹 AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellogga Ukraina mojarosiga 100 kunda barham berishni topshirdi.
🔹 Tel-Avivda 29 yoshli marokashlik olomonga pichoq bilan hujum qilgan. To‘rt kishi yaralangan.
🔹 AQShning BMT oldidagi umumiy qarzi 2,8 milliard dollarga yetgan. Tashkilotda aytilishicha, bu summaning 1,5 milliard dollari AQSh tomonidan BMTning muntazam byudjetiga kiritilishi kerak.
🔹 Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlarini va’dalarini bajarmayotganligi va Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish masalasida noxolis munosabati uchun tanqid qildi.
🔹 Turkiya Oliy sudi 2017 yilda Istanbuldagi tungi klubda sodir etilgan teraktda aybdor deb topilgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovga nisbatan 40 ta umrbod qamoq jazosi hukmini o‘z kuchida qoldirdi.
🔹 Avvalroq Jo Baydenni yoshi uchun tanqid qilib, ustidan kulgan Donald Trampning o‘zi mamlakat tarixidagi eng keksa rahbarga aylandi.
🔹 Apple dunyodagi eng qimmat brend bo‘lib qolmoqda - Brand Finance uni 574,5 milliard dollarga baholagan (yillik ko‘rsatkichdan 11 foizga o‘sgan). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Microsoft va Google egallamoqda.
🔹 Iroqda qizlar 9 yoshga to‘lishi bilanoq turmushga chiqishga ruxsat beruvchi qonun ma’qullangani shov-shuvga sabab bo‘lmoqda. Mahalliy deputatlar esa nikoh hali ham 18 yoshdan, rasmiylar roziligi bilangina - 15 yoshdan deyishmoqda.
🔹 O‘tgan dam olish kunlari AQShning Texas, Alabama va Jorjiya shtatlarida g‘ayritabiiy sovuq – Arktika sikloni tufayli halok bo‘lganlar soni o‘n kishiga yetdi. Mamlakat bo‘ylab 2000 dan ortiq reys bekor qilingan. Ekstremal ob-havo bir necha kun davom etadi.