Ko‘cha va ko‘p qavatli uylar oldida to‘plangan chiqindilar chiqarib tashlandi. Ammo...
Telegram kanalimizda “Samarqand shahrining ayrim hududlari chiqindilardan nega tozalanmayapti?” sarlavhali tanqidiy maqola e’lon qilingan edi.
Samarqand shahri va tumanidagi maishiy chiqindilarni belgilangan hududlardan olib chiqishga mas’ul “Maroqand Obod” davlat unitar korxonasining munosabat bildirishicha, chiqindi to‘plangan hududlar tozalangan. Ammo...
"Haqiqatan ham Samarqand shahrining Shohruh Mirzo, Amir Temur nomli ko‘chalaridagi ariqlar va Abdulla Avloniy nomli mahalladagi ko‘p qavatli uylar atrofi chiqindi va xazon uyumlari bilan to‘lgan edi. Hozirda hududlarda to‘plangan chiqindilar olib ketildi.
To‘g‘ri, maqolada keltirilgan Abdulla Avloniy mahallasidagi “Amirshoh Mir Alizoda” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va “Maroqand Obod” DUK bilan chiqindilarni olib ketish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Lekin shirkatning o‘tgan yildan qolgan qarzdorligi shu paytga qadar to‘lanmaganligi va xazonlarni olib ketish bo‘yicha alohida shartnoma tuzilmaganligi bois ko‘p qavatli uylar atrofida chiqindilar uyulib qolgan.
Shu o‘rinda aytish kerakki, xazonrezgi mavsumida to‘plangan barglar maxsus ajratilgan joylar yoki kompostyorlash maydonlariga olib chiqiladi. Barglarni olib chiqib ketish esa hududlarni tozalash uchun mas’ul bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoki shartnoma asosida (alohida buyurtma bo‘yicha) ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, - deyiladi "Maroqand Obod" DUK munosabatida.