KOICAda tashkil etilgan «Samarqand startap inkubator» markaziga keling!
*Reklama
Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazida KOICA granti asosida tashkil etilgan «Samarqand startap inkubator» markazi startap g‘oyalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazida KOICAning PPP (PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP PROJECT) loyihasi asosida ochilgan startap inkubator markazi bo‘lajak tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan. Ushbu markazda eng zamonaviy usullarda maslahat-treninglar va dars mashg‘ulotlari olib boriladi. Markaz tadbirkorlar uchun ko‘p muammolarni hal etish va bir qancha savollarga javob olishga imkon yaratadi.
O‘zining innovatsion tadbirkorlik g‘oyalariga ega bo‘lgan bo‘lajak tadbirkorlar “Samarqand startap inkubator” markaziga ariza topshiradi. Ariza qabul qilingandan so‘ng belgilangan sanada arizachilar o‘zlarining loyihalari bo‘yicha ekspertlar oldida taqdimot qiladi. Taqdimotda yuqori ball to‘plaganlar markazga rezident sifatida qabul qilinadi. Markazga qabul qilingan rezidentlar uchun inkubatsiya va ofis xizamatlari ko‘rsatiladi.
Inkubator markazi rezidentlariga ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar quyidagilarni tashkil qiladi:
- Zamonaviy jihozlangan ish joylari va tegishli ofis xizmatlarini ko‘rsatish.
- Rezident loyihasini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
- Inkubator markazining hamkorlik xizmatlari.
Inkubator markazining ta’lim dasturlari.
“Samarqand startap inkubator” markazida hamkorlikda ko‘rsatiladigan xizmatlar:
Yuridik shaxslarni ro‘yxatga olish bo‘yicha maslahatlar
Buxgalteriya hisobi, bank xizmatlari, yuridik xizmatlar, marketing xizmatlari va reklama xizmatlari bo‘yicha tushunchalar
Patentlashtirish va litsenziyalash xizmatlari
Loyihani konsultatsiya qilish
Biznes g‘oyalarini aniqlash va ekspertlar kengashidan o‘tkazish
Loyiha taqdimotini ishlab chiqish
Biznes reja tuzish bo‘yicha dars mashg‘ulotlari
Zamonaviy jihozlangan joy (ofis) bilan taminlash
Bo‘lajak tadbirkorlarni maslahatchilarga va mentorlarga biriktirish
Koreyadan kelgan ekspertlar bilan seminarlar o‘tkazish
Investorlarni biznesingizga yo‘naltirish
Dolzarb mavzular bo‘yicha seminarlar, treninglar va kurslar tashkil qilish
Loyiha uchun moliyalashtirish manbaini topish yo‘llari
Dizayn, poligrafiya ximatlari va boshqalar.
Arizalar bugun, 10 oktyabrdan 1 noyabrgacha qabul qilinadi. Tanlab olingan nomzodlar belgilangan kunda ekspertlar oldida loyiha taqdimotini o‘tkazadi.
Arizani www.samstartup.uz sayti orqali yoki startap inkubator markaziga kelib, xodimlar yordamida rasmiylashtirishingiz mumkin.
Tanlov shartlari:
- Arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar taqdim etishi mumkin.
- Korxonangiz mavjud bo‘lsa tashkil bo‘lganiga uch yil to‘lmagan bo‘lishi lozim.
- Loyiha innovatsion yangi texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, ishlab chiqarishga yoki xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Sizda g‘oya bor, bizda esa tajriba. Biznesingizni boshlash, g‘oyani ro‘yobga chiqarish uchun bizning imkoniyatlarimizdan foydalaning. Birgalikda tez va samarali yechim topamiz.
To‘liq ma’lumotni www.samstartup.uz saytidan olishingiz mumkin.
Biznes -inkubatorga marhamat!
Manzil: Samarqand shahar, Spitamen ko‘chasi, 264-“a” uy
Murojaat uchun telefonlar: (99866) 221-73-62
Mo‘ljal: SamDu pedagogika fakulteti.
Avtobuslar mashrutlari: 4, 12, 16, 32, 35, 66, 85, 97
Veb Sayt: www.samstartup.uz
Ye-mail: samstartup@mail.ru
Telegram: t.me/samstartup