Koinotdagi barcha sayyoralar yumaloq shaklga ega(mi)?

Olimlar bu savolga javob topishdi.
Tadqiqotchilar tortishish kuchining bu masalada tutgan o‘rni va nima uchun sayyoralar shakli mukammal aylana bo‘la olmasligini tushuntirishdi.

Koinotimizda kamida bir sekstillion sayyora bor. Bu shunchalik katta raqamki, uni tasavvur qilishning deyarli iloji yo‘q. Ushbu sayyoralarning vazni, tuzilishi va hajmi ham o‘zgacha. Masalan, birgina Yerning vazni oq ayiqqa qaraganda qariyb oltmish milliard marta og‘irroq, deb yozadi ScienceFocus.

Sayyoralarning har biri deyarli yumaloq. Ularning orasida hatto bitta ham kuboid (to‘g‘ri burchak), dodekadr (ko‘pyoqlik) yoki tableron (uchburchak) shakllar mavjud emas.

Lekin nega ularning hammasi aylana shaklga ega?
Dastlab sayyora yulduz atrofida aylanadigan toshlar va chang zarralari bulutidan hosil bo‘ladi. Zarrachalar tortishish kuchi bosimi ostida yaxlit to‘p hosil bo‘lguncha tortiladi. Bu to‘p tobora ko‘proq materiyani o‘ziga jalb qilar ekan, o‘z yo‘lida hamma narsani yig‘ib olgunga qadar kattarib boraveradi. Tortishish kuchi har tomonga bir xil ta’sir qilishi bois, to‘p asta sekinlik bilan dumaloq shaklga ega bo‘ladi.

Haqiqatan ham sayyoralar shakli mukammal darajada sharsimonmi?
Aslida sayyoralarning yumaloqligi mukammal emas. Masalan Yer o‘zida «yassilangan ellipsoid»ni aks ettiradi – u deyarli sharsimon, lekin doimiy aylanishi tufayli uning «belida» bo‘rtmasi bor.

Har safar Yer o‘z o‘qi atrofida aylanganida, uning o‘rtasi tepasiga qaraganda ko‘proq siljiydi. Bu yerning ekvatorda qutblardagiga qaraganda tezroq harakat qilishini anglatadi.
Ma’lum bir yoshga yetgach, yangi sayyora har doim o‘zining o‘rtasidagi qavarig‘iga ega bo‘ladi. Shu sababli uning «qutbli» va «ekvatorial» diametrlari farq qilib turadi.
Bu effekt unchalik qattiq bo‘lmagan sayyoralarda ko‘proq seziladi. Masalan, asosan gazdan tashkil topgan Saturnning ekvatordagi ikki nuqta orasidagi diametri qutblarga qaraganda 11 ming kilometr ko‘proq.

Yo‘ldoshlar ham dumaloqmi?
Asteroidlar va yo‘ldoshlar sayyoralarga qaraganda kichikroq. Shuning uchun ularning tortishish kuchi katta emas, bu esa aylana shaklni hosil qilmasligi mumkin.
Ushbu rasmdagi 67/R Churyumov-Gerasimenko kometasi Yer og‘irligining trilliondan bir qismiga to‘g‘ri keladi va shakli nafaqat sharsimon bo‘lmasdan, balki g‘aroyib rezina o‘rdak yoki loydan qilingan ko‘zani eslatadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.