Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva BBC O‘zbek xizmatiga videotabrik yo‘lladi
Nufuzli BBC teleradiokorporatsiyasining o‘zbek xizmati o‘zining 25 yilligini nishonlamoqda.
Xolislik va aniqlik prinsiplari asosida ishlaydigan ushbu xizmat jamoasini O‘zbekiston rasmiylari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva samimiy tabriklagan.
BBC o‘zbek xizmati garchi O‘zbekistondagi jarayonlarga tanqidiy yondashsa-da, ijobiy o‘zgarishlarga ham xolisona yondashib keladi.
Xizmat, masalan, yangi O‘zbekistonning prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi qudratga kelgan qisqa vaqtning ichida jahonning ayrim nufuzli nashrlari tomonidan, hattoki, Xitoyning islohotchi lideri Den Syaopinga qiyoslanganini alohida qayd etgan.
E’tirof etilganidek, O‘zbekiston lideri qo‘l urayotgan islohotlari bilan allaqachon dunyoning demokratiya darg‘asi sifatida e’tirof etiluvchi AQSh va uning prezidenti tomonidan olqishlanayotgan davlat rahbari bo‘ldi.
BBC O‘zbek xizmatiga omad tilaymiz.