Komil Allamjonovning 11 ta qisqa savolga javobi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov “Alter Ego” dasturida intervyu berdi. Unda u qisqa savollarga qisqa javob berdi.
J: Nima xavfliroq: tonirovka yoki dron?
KA: Dron.
J: Blogelar soliq to‘lashi kerakmi?
KA: Agar ular daromad ko‘rayotgan bo‘lsalar, nega to‘lashmasin?!
J: Tesla yoki Ferrari?
KA: Ikkalasi ham.
J: So‘z erkinligi bu — ?..
KA: Rivojlanish sari eng to‘g‘ri yo‘l.
J: Nega “Oltin qalam” mukofoti deyarli doimo davlat nashrlari jurnalistlariga beriladi?
KA: Shunchaki “Oltin qalam” komissiyasi tarkibini allaqachon o‘zgartirish vaqti keldi.
J: Jurnalistika universiteti mamlakat uchun yaxshi jurnalistlarni tayyorlarmikin?
KA: Buni vaqt ko‘rsatadi.
J: Ko‘proq nima tomosha qilgan yaxshiroq: hind jangari filmi yoki turk seriali?
KA: Yaxshi, foydali, mening fikrimcha, falsafiy g‘oyaga ega va chuqur ta’sirchan film.
J: O‘zbekistonda o‘zining Dmitriy Kiselyovi bo‘larmikin?
KA: Ehtimol.
J: O‘zbekistonning eng zo‘r yozadigan blogeri kim? O‘zbek va rus tillarida.
KA: Menga ko‘pchilik yoqadi. Bular davletov.uz, Feruzxon, Ali Qahhorovni o‘qiyman. Men unga salom yo‘llamoqchiman. Negadir so‘nggi vaqtlarda u mendan xafa. U haqiqatan menga yoqadi. Ajoyib bola. Bundaylar ko‘p. Menga hazil bilan yozadiganlar yoqadi.
J: Siz uchun vatanparvarlik nima?
KA: Bu oddiy: yolg‘on gapirmang va xiyonat qilmang.
J: Besh yildan so‘ng O‘zbekiston qanday bo‘ladi?
KA: Hammasi zo‘r bo‘ladi.