Kompaniya va tashkilotlar uchun endi ofislar kerak bo‘lmaydimi?

Koronavirus pandemiyasi sharoitida butun dunyo bo‘ylab kompaniya va tashkilotlar o‘z ish formatlarini qayta ko‘rib chiqmoqda. HSBC kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarini Lenta.ru nashri ma’lum qildi.

So‘rovnoma 14 mamlakatning 2600 dan ziyod kompaniyalari o‘rtasida o‘tkazildi.

So‘rovnamada ishtirok etgan ishtirokchilarning deyarli yarmi (47 foiz), masofaviy ishlash tizimida berilgan topshiriqlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘ra olganlarini ta’kidlashdi. 29 foiz korxona rahbarlari kelajakda  ularning korxonalari band etib turgan bino va xonalarni qisqartirishni rejalashtirayotganini aytishgan. Ular ko‘plab vazifalarni masofadan turib boshqarish imkoni mavjudligiga to‘xtalib o‘tganlar.

Ish tartibi bilan bog‘liq savolga 69 foiz ish beruvchilar tez orada o‘zgaruvchan ish tartibi hayot tarziga aylanishini ta’kidlagan. Onlayn ishlash va majlislar o‘tkazish tartibi bilan bog‘liq savolga 61 foiz rahbarlar keyingi ikki yilda bu holat odatiy xayot tarziga aylanishini ma’lum qilgan.