Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari haqida ma’lumot aytildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing o‘tkazildi. Unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari to‘g‘risida axborot berildi.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, 30 iyul holatiga ko‘ra, jami 117 ming 357 ta taklif qabul qilingan. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasida kelib tushgan 150 mingdan ortiq takliflar tashabbuskorlarining 56 foizini erkaklar, 40 foizini ayollar iashkil etgan, 4 foizining shaxsi ochiqlanmagan.
Takliflarning 67 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar taqdim etgan. Taklif mualliflarining eng kichigi 15 yoshni va eng yoshi ulug‘i 95 yoshni tashkil etmoqda.
Hududlar kesimida takliflarning eng ko‘pi:
- Toshkent viloyatidan — 13,6 foiz (20 587 tasi);
- Toshkent shahridan — 12,5 foiz (18 933 tasi);
- Andijon viloyatidan — 9,3 foiz (14 020 tasi);
- Xorazm viloyatidan — 8,5 foiz (12 803 tasi)
- Samarqand viloyatidan — 7,7 foiz (11 601 tasi);
- Farg‘ona viloyatidan — 7,1 foiz (10 711 tasi) kelib tushgan.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 7 turdagi ekspertizadan o‘tkazildi:
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi (lingvistik ekspertiza)
- Qonunchilik palatasi yuridik boshqarmasi (huquqiy ekspertiza);
- Adliya vazirligi (dastlabki tarzdagi huquqiy ekspertiza);
- Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi (gender-huquqiy ekspertiza);
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (korrupsiyaga qarshi ekspertiza);
- Savdo-sanoat palatasi (jamoatchilik ekspertizasi);
- Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz (inson huquqlari bo‘yicha normalarga muvofiqligi).