Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 148 ming dollar puli undirib berildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari tomonidan 202 yilning avgust oyida 7 nafar yurtdoshimizning murojaatlari asosida 40 149 589 koreys voni (30 307 AQSh dollari) oylik ish haqi va sug‘urta mablag‘larini olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, o‘tgan davrda Vakolatxona tomonidan yuridik tashkilotlar bilan hamkorlikda Koreyada vaqtincha mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning jami 148 ming dollar miqdoridagi sug‘urta, kompensatsiya hamda oylik ish haqi mablag‘lari undirib berilgan.